[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha qanday munosabat bildirdi?
+30°
переменная облачность ветер 2.1 м/с, СЗ

Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

Dunyo
48
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
Ramzan Qodirov internetning o‘zbek foydalanuvchilari orasida juda mashhur shaxs. Shu bois uning atrofidagi navbatdagi voqeaga e’tibor qaratamiz. Bugun navbatdagi marta Qodirov ishdan ketarkan degan gap chiqdi. Farqi shundaki, bu gal shunchaki odatiy mish-mish emas, iste’fo haqida Qodirovning o‘zi gapirdi.

«Iste’fo so‘rayman»

Oldindan aytib qo‘yay, Ramzan Qodirov o‘z kanalida selfi video ikki milliondan ortiq o‘quvchilariga men iste’foga chiqyapman, deb aytgani yo‘q. Bunaqa demasa ham kerak. Lekin Qodirov chindan iste’foga chiqishni so‘ragani haqida gapirdi.

Oxirgi kunlarda Ramzan Qodirov haqida turli mish-mishlar tarqalgan, Rossiyadagi mustaqil nashrlar Checheniston rahbari kasalxonada tunab qolayotgani haqida yozgandi. Shu gaplar fonida Checheniston davlat nashrlarida Qodirovning gaplari e’lon qilindi. «Chechnya segodnya» nashrining yozishicha, «G‘alaba daraxti» aksiyasida qatnashgan Qodirov jurnalistlarning mish-mishlar haqidagi savoliga javob bergan.

«Men ham eshitdim, har xil gaplar yozishyapti. Qaytanga men vazifamdan ozod qilishlarini so‘rayman. Boshqa odamda boshqacha tashabbuslar, o‘z qarashi bo‘ladi. Umid qilaman, mening so‘rovimni qabul qilishadi», deb Qodirovning so‘zlarini keltirgan chechen davlat nashri.

Shuningdek, postda Qodirov Vladimir Putindan qanday maslahat olgani ham yozilgan. Checheniston rahbarining aytishicha, Putin unga jahli chiqqanda yotib uxlashni maslahat bergan. «Men shunday qilaman va hammasi yaxshi bo‘ladi», degan Qodirov.

Navbatdagi mish-mishlar

Ramzan Qodirov bejizga bu gaplarni aytib chiqmadi. Kuni kecha Checheniston haqida xabarlarni faol yorituvchi «Novaya gazeta. Yevropa» nashri Checheniston rahbari oxirgi vaqtlarda Grozniydagi «Aymed» klinikasida tunab qolishni odat qilgani, Grozniydan tashqaridagi uzoqroq masofaga maxsus tibbiy vertolyotda borayotgani, Qodirovga oshqozonosti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilgani haqida yozdi. Shuningdek, nashr oxirgi vaqtlarda Chechenistondagi odatda Qodirov qatnashadigan tadbirlarda hukumat rahbari Magomed Daudov ishtirok etayotganiga e’tibor qaratgan.

«Meni noto‘g‘ri tushunishdi»

Biroq Ramzan Qodirov iste’foga chiqarkan, bu haqda o‘zi aytibdi, degan muhokamalar bir kunga ham cho‘zilmadi. Checheniston rahbari kechga borib ikki milliondan ortiq o‘quvchisi bor kanalida uni boshqacha tushunishgani haqida post yozdi.

«Ko‘pchilik mening iste’fo haqidagi gaplarim ma’nosini tushunmabdi. Checheniston rahbari vazifasida ishlash-ishlamaslikni men hal qilmayman. Ha, men so‘rashim yoki taklif qilishim mumkin, lekin bu borada qarorni faqat bir kishi – oliy bosh qo‘mondon Vladimir Putin qabul qiladilar. Men askarman, buyruq bo‘ldimi – bajaraman», deb yozdi Qodirov o‘z kanalida.

Checheniston rahbari postga video ham ilova qildi. Unda Qodirov turli uchrashuvlarda Putin bilan quchoqlashgani aks etgan. Videoda Qodirovning o‘g‘illari Putin bilan uchrashgani ko‘ringan kadrlar e’tiborni tortadi. Oxirgi vaqtlarda Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adamni o‘zining siyosiy vorisi sifatida qarayotgani haqida gaplar ko‘paygan. Qodirov bu o‘g‘liga o‘z qo‘riqlash xizmati rahbarligi vazifasini ham ishonib topshirgan.

Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz. Muhim nimadir sodir bo‘lsa, albatta, sizga xabar beramiz.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.

Ramzan Qodirov, Checheniston, Vladimir Putin, Grozniy, Magomed Daudov

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Xonanda Ruxshona 21 mart kuni 31 yoshni qarshi oldi. Hamisha baxtlidek ko‘rinadigan xonandaning ham o‘ziga yarasha muammolari va armonlari bor. Siz bolalik travmalari bilan ulg‘aygan, erta mehnat
Madaniyat 09:28, 26-03-2025
Abduqodir Husanov atrofidagi mish-mishlar: haqiqatmi yoki shunchaki bo‘rttirma?
Abduqodir Husanov atrofidagi mish-mishlar: haqiqatmi yoki shunchaki bo‘rttirma?
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov atrofida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Himoyachining so‘nggi 5 uchrashuvda maydonga
Sport 20:51, 24-04-2025
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda
Ramzan Qodirov va Kreml o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgani aytilmoqda
So‘nggi oylarda Ramzan Qodirov va Vladimir Putin o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. Bu haqda «Vajniye istorii» nashriga FXXning (FSB) Shimoliy Kavkaz bo‘yicha ixtisoslashgan sobiq xodimi ma’lum
Dunyo 15:04, 28-03-2025
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025