
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga talabalar qabul qilish to‘xtatiladi, deb upl.uz sayti xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi. Qarorga ko‘ra, bu taqiq davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga teng tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, ayni paytda sirtqi shaklda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni amaldagi dasturlar asosida davom ettirib, diplom olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va qisqa muddatli kunlik (part-time) ta’lim shakllarini rivojlantirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev, 2025, 2026, Oliy