[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha qanday munosabat bildirdi?
+25°
небольшая облачность ветер 2.1 м/с, С

O‘zbekistonda blogerlarning majburiyatlari yengillashtiriladi

Oʻzbekiston
21
O‘zbekistonda blogerlarning majburiyatlari yengillashtiriladi
O‘zbekistonda qator davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda 7 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasida onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlari, sohada yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy chaqiriqlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Davra suhbatida O‘zbekistonda hozir ochiqlik siyosati davrida internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda muhim vositaga aylanib borayotgani ta’kidlandi. Ushbu sharoitda onlayn platformalar foydalanuvchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini qonun asosida aniq mustahkamlab qo‘yishning ahamiyati borasida mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shu munosabat bilan, tadbirda ishtirok etgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, loyihaning maqsadi — fuqarolarning onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanish sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilash, ularni yolg‘on axborot, nafrat uyg‘otuvchi, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi noqonuniy kontentlardan himoya qilishdan iborat.
Unda onlayn platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan bo‘lib, ularning qabul qilinishi eng avvalo:
  • onlayn platformalar foydalanuvchilari huquqlarini qonun darajasida mustahkamlash;
  • internet tarmog‘ida axborot tarqatish tartiblari borasida huquqiy aniqlik va izchillikni ta’minlash;
  • onlayn platformalar va veb-sayt egalari uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritishning aniq shartlarini belgilash, ularning biznes modellari uchun shart-sharoitlarni aniq prognozlash imkoniyatini yaratish;
  • axborot sohasi ishtirokchilari, jumladan, onlayn platformalar, blogerlar, inflyuyenserlar hamda sohani tartibga soluvchi davlat organlari o‘rtasida o‘zaro muloqot va konstruktiv hamkorlik uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish;
  • internetdan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirish, bolalar sog‘lig‘iga xavf soluvchi axborotlardan himoya qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni yaratish;
  • foydalanuvchilar o‘z sha’n va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlardan himoyalanish borasida huquqiy kafolatlarga va zarur hollarda vakolatli organning ko‘magidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasida inflyuyenser va blogerlar mas’uliyati ajratilib, blogerlar majburiyatlari sezilarli yengillashtirilmoqda.

Davra suhbatida loyiha bilan kiritilayotgan yangi huquqiy institutlar batafsil ko‘rib chiqildi va uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida xulosaga kelindi.
Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi
O‘zbekiston, Oliy Majlis, Axborot, Innovatsion Rivojlanish, Blogerlar

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
O‘zbekistonda blogerlar faoliyati qanday tartibga solinadi?
O‘zbekistonda blogerlar faoliyati qanday tartibga solinadi?
Hozirgi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va axborot muhitida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan blogerlar faoliyati mamlakatimizda qanday huquqiy asoslarga ega ekanligi haqida ko‘pchilik qiziqmoqda. Shu
Oʻzbekiston Kecha, 16:13
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
7,5 yillik faoliyatidan so‘ng general-leytenant Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi. Uning o‘rniga general-mayor Aziz Toshpo‘latov O‘zbekistonning yangi ichki ishlar vaziri bo‘ldi. Jamoatchilik
Jamiyat 18:17, 6-03-2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar...
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar...
Jahon iqtisodiy forumi ekspertlari O‘zbekistonning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy tahdidlar sifatida suv va energiya resurslari taqchilligi, havo, suv hamda tuproqning
Oʻzbekiston 22:58, 27-03-2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida o‘tin tashildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin tashimoqda” sarlavhasida videolavha tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, shu
Jamiyat 13:01, 15-03-2025