
"Roma" futbolchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasining 35-tur ramziy jamoasiga kiritildi, deb Kursiv.media xabar berdi. WhoScored portali ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchilarni e'lon qildi.
Shomurodov o'tgan haftada "Fiorentina"ga qarshi o'yinda Artyom Dovbykka golli pas berib, jamoasiga 1:0 hisobidagi g'alabani ta'minladi.
Diario AS
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Shomurodovning transfer bahosi 4 million yevroni tashkil etadi. 2025-yil 8-may holatiga ko'ra, u "Roma" safida 82 o'yinda 13 gol urgan va 11 golli pas bergan.
Shuningdek, Shomurodov "Roma" klubi muxlislari tomonidan aprel oyining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Ushbu oyda u "Yuventus" va "Verona"ga qarshi o'yinlarda gol urdi, "Inter"ga qarshi o'yinda esa golli pas berdi.