Braziliya terma jamoasining sobiq sardori va afsonaviy himoyachisi Kafu jamoa bosh murabbiyligiga nomzodi asosiy da’vogar bo‘lib turgan «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, italiyalik tajribali mutaxassis Braziliya milliy jamoasi uchun eng maqbul tanlov bo‘lmasligi mumkin.
«Hozirgi vaziyat juda aniq – milliy jamoamizning o‘z boshqaruvchisi yo‘q va bizga tezroq malakali murabbiy kerak. Albatta, Anchelottining murabbiylik qobiliyati, tajribasi va natijalari borligi hammaga ma’lum. Agar u kelib, jamoadagi vaziyatni to‘g‘ri yo‘lga solsa, bu ajoyib bo‘lardi. Ammo menda bu borada ancha shubhalar mavjud», – deya gap boshladi Kafu ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Kafu Anchelotti Yevropa futbolidagi o‘yinchilarni yaxshi bilishini tan oladi, ammo italiyalik mutaxassisning Braziliya chempionati va mahalliy futbolchilar haqidagi tushunchasiga jiddiy e’tiroz bildirmoqda:
«Anchelotti o‘z tarkibini shakllantirishda faqat Yevropa chempionatlarida o‘ynayotgan braziliyalik futbolchilarni yaxshi biladi. Ushbu o‘yinchilarni qaysi holatlarda, qaysi vaziyatlarda va qanday uslubda ishlatishni yaxshi tushunadi. Ammo masala faqat bu futbolchilar bilan cheklanmaydi-ku!»
«O‘ylab ko‘raylik, Anchelotti haqiqatan ham Braziliya milliy chempionati uchrashuvlarini kuzatish uchun tong soat 3-4 da uyg‘ongan holda, "Flamengo" – "Korintians" yoki "San-Paulu" – "Palmeyras" kabi muhim uchrashuvlarni ko‘rib chiqishga tayyormi? Umuman olganda, Anchelotti Braziliya futbolida sodir bo‘layotgan voqealardan qay darajada xabardor?» – deya o‘z xavotirlarini yashirmadi Kafu.
Bundan tashqari, u terma jamoaning muvaffaqiyati faqat Yevropa klublaridagi futbolchilar bilan bog‘liq emasligini, balki Braziliya chempionatida harakat qilayotgan va o‘z mahoratlari bilan ajralib turgan yosh iqtidorlarning ham ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.
«Ko‘pchilik, Anchelotti Braziliya uchun ideal tanlov, chunki u Yevropadagi yigitlarni yaxshi biladi, deyishmoqda. Ammo mahalliy chempionatimizda porlayotgan yoshlar nima bo‘ladi? Milliy chempionatda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilarga kim e’tibor qaratadi? Agar biz milliy jamoani to‘liq kuchga aylantirishni istasak, bunday savollarga javob berishimiz lozim», – dedi Kafu.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi haqida oxirgi oylarda ko‘plab xabarlar tarqalgan edi. Ammo rasmiy kelishuv hozircha mavjud emas va Anchelottining o‘zi bu masala bo‘yicha ochiq bayonot berganicha yo‘q. Bundan tashqari, Anchelottining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha davom etadi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari