
"Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yini Milandagi "Juzeppe Meazza" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda "Inter" 4:3 hisobida zafar quchdi va umumiy 7:6 natija bilan finalga chiqdi.
Interning gollarini Lautaro Martinez (21-daqiqa), Hakan Chalhanog‘lu (45+1, penalti), Franchesko Acerbi (90+3) va Davide Frattesi (99) kiritdi. Barselonadan esa Erik Garsiya (54), Dani Olmo (60) va Rafinia (87) gol mualliflariga aylandi.
Statistikaga ko‘ra, "Barselona" to‘pni ko‘proq nazorat qildi (72%), ammo "Inter"ning qarshi hujumlari nihoyatda xavfli va samarali bo‘ldi. Shu tariqa, "Inter" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.